Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

Quyidagi to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi:
▪️davlat xizmatlari,
▪️elektr, gaz va suv (bank kassalari orqali to‘lovlardan tashqari),
▪️alkogol va tamaki mahsulotlari,
▪️neft-gaz mahsulotlari va elektromobillarni zaryadlash xizmatlari,
▪️25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari),
▪️ko‘chmas mulk va ayrim transport vositalari savdosi.

📚 Boshqa o‘zgarishlar:
▪️ayrim hududlarda tadbirkorlarga maktab va bog‘chalar hududida xususiy bog‘cha ochishga ruxsat beriladi,
▪️ V1 sertifikati bor chet elliklar fuqarolik imtihonidan ozod etiladi,
▪️ekologiya qoidalarini buzgan yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi,
▪️davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tadi,
▪️yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi kengaytiriladi,
▪️BFQ va kosmetika ishlab chiqarish uchun import tovarlar bojdan ozod qilinadi,
▪️barcha xalqaro aeroportlarda chet elliklar uchun QQSni qaytarish (Tax Free) tizimi joriy etiladi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!