Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyadagi suriyaliklarning 80 foizi vataniga qaytishi kerak

Germaniyadagi suriyaliklarning 80 foizi vataniga qaytishi kerak

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Suriya yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvda Germaniyadagi 1 millionga yaqin suriyalik qochqinning katta qismi yaqin uch yil ichida o‘z yurtiga qaytishi lozimligini ma’lum qildi.

Mersning fikricha, ularning aksariyati vatanini tiklash uchun o‘z xohishi bilan ketishga tayyor.

Kansler nemis jamiyatiga yaxshi moslashgan shaxslar Germaniyada qolishi mumkinligini, biroq qonunbuzarlar va amaldagi yashash huquqiga ega bo‘lmaganlar zudlik bilan deportasiya qilinishini ta’kidladi.

Berlin Suriyadagi ijtimoiy ob’ektlarni tiklash uchun joriy yilda 200 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga va’da berdi. Buning evaziga Damashq yangi hukumatidan islohotlar o‘tkazish, qonun ustuvorligini ta’minlashi va nemis kompaniyalari uchun qulay investisiya muhitini yaratish talab etiladi.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!