Eron hukumati Yaqin Sharq urushida AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun Serdar Azmunning mulkini musodara qilmoqda.
Bu haqda Fars agentligi xabar berdi. Azmun Guliston provinsiyasi prokuraturasi tomonidan mulki musodara qilinadigan 16 kishi qatoriga kirdi.
Avvalroq futbolchi BAA yetakchisi bilan suratga tushgani uchun milliy terma jamoadan chetlatilgandi. Eronda bu surat dushmanni qo‘llab-quvvatlash sifatida ko‘rilgan va sportchi davlatga xiyonat qilishda ayblangan.