Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt mutaxassislari o‘ziga xos reytingini e’lon qilishdi. Unda shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida aniq ishtirok etmaydigan eng qimmatbaho futbolchilar ro‘yxati tuzib chiqildi. Qayd etish joizki, saralashning pley-off bosqichida qatnashayotgan terma jamoalar a’zolari hozircha bu reytingga kiritilmagan.

Reytingning birinchi pog‘onasini «Liverpul» va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai egalladi. Uning bozor qiymati 100 million yevroga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rindan «PSJ» va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvarasxeliya joy oldi — uning narxi 90 million yevro. Kuchli uchlikni esa Brayan Mbeumo (80 million yevro) yakunlab berdi.

Shuningdek, kuchli beshlikka Viktor Osimxen (75 million yevro) va Benyamin Sheshko (65 million yevro) ham kiritilgan.

Kiritildi: 23:50 28.03.2026. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!