Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyligiga da’vogar sifatida tilga olinayotgan Timur Kapadze bugun, 21 noyabr kuni Jakartadagi Istiqlol masjidida juma namozida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda futbol muxlisi Effendi Gazali ma’lum qildi.
Biroq Kapadzening tashrifi rasmiy emas — u mamlakatga turist sifatida, dam olish uchun kelgan. Gazalining ta’kidlashicha, uni Indoneziyaga olib kelgan EGI Resources kompaniyasi futbol bilan hech qanday aloqasi yo‘q va uning shaxsiy nomi bilan ham bog‘liq emas. Kompaniya 15 yildan buyon Sharqiy Yevropada faoliyat yuritadi va hozirda Markaziy Osiyoda ham investisiya loyihalari ustida ishlamoqda.
Kapadze Jakartadan so‘ng Lombok va Baliga sayohatini davom ettirishi kutilmoqda. Uning federasiya bilan uchrashuv o‘tkazishi hozircha tasdiqlanmagan.
Shu bilan birga, Indoneziya Futbol Federasiyasi rasman ma’lum qilgan edi:
🇮🇩 Terma jamoa bosh murabbiyligi uchun 5 nomzod tanlab olingan va ular kelasi hafta federasiyaning ijroiya qo‘mitasi va texnik direktor Aleksandr Zviyers tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Timur Kapadze bu beshlikdami yoki yo‘q – hozircha noma’lum. Voqealar rivojini kuzatamiz.