Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tibetdagi zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yuzlab uy vayron bo‘ldi

Tibetdagi zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yuzlab uy vayron bo‘ldi

Xitoyning Tibet mintaqasida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 65 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

“Sinxua”axborot agentligiga ko‘ra, 12 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga evakuasiya qilingan. Zilzila oqibatida kamida 339 ta turar joy vayron bo‘lgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi besh yil ichida mintaqada kuzatilgan eng kuchli zilziladir. Qutqaruv ishlariga 1,6 mingdan ortiq kishi jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, zilzila 22 oktyabr kuni Xitoyning Tibet mintaqasi Nag‘chu shahar okrugining Bachen tumanida sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!