Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

The Guardian: Saudiya Arabistoni xavfsizligi borasida Trampga ishona olmasligini angladi

The Guardian: Saudiya Arabistoni xavfsizligi borasida Trampga ishona olmasligini angladi

Britaniyaning «The Guardian» gazetasi tahliliga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Yamandagi «Ansorulloh» harakati hujumlari kuchaygan bir paytda AQSh prezidenti Donald Trampning harbiy yordamiga to‘liq tayana olmasligini anglab yetmoqda. Bu haqda «Tasnim» agentligi nashr maqolasiga tayanib xabar berdi.

Gazeta yozishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon so‘nggi yillarda Tramp va uning kuyovi, sobiq maslahatchisi Jared Kushner bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. Ar-Riyod AQSh bilan yirik qurol-yarog‘ shartnomalarini tuzgan va Amerika iqtisodiyotiga katta miqdorda sarmoya kiritishni va’da qilgan.

Biroq «The Guardian» ma’lumotlariga ko‘ra, Yamandagi «Ansorulloh» harakati hujumlari kuchayganiga qaramay, Tramp Saudiya Arabistonining ushbu harakatga qarshi Amerika havo zarbalarini berish haqidagi iltimoslarini bir necha bor rad etgan.

Maqolada 10 oktyabr kuni Ar-Riyod xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirilgani, oqibatda kamida 13 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq kishi jarohatlangani aytilgan. Nashr ta’kidlashicha, ushbu voqeadan keyin ham Tramp ehtimoliy harbiy harakatlar yuzasidan aniq pozisiya bildirmagan.

Gazeta AQShning Eronga qarshi urushini ham mintaqadagi beqarorlik omillaridan biri sifatida ko‘rsatgan. Energiya narxlarining ko‘tarilishi va inflyasiyaning o‘sishi, shuningdek, AQShdagi oraliq saylovlar arafasidagi siyosiy vaziyat Tramp ma’muriyatining harbiy harakatlarni kengaytirish borasida ehtiyotkor bo‘lishiga ta’sir qilayotgani qayd etilgan.

«The Guardian» shuningdek, Tramp oilasining Saudiya Arabistoni bilan moliyaviy aloqalariga e’tibor qaratib, tijoriy manfaatlar tashqi siyosatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida mulohaza yuritgan.

Nashr xulosasiga ko‘ra, mintaqada harbiy harakatlarni kengaytirish o‘rniga diplomatik sa’y-harakatlar va keskinlikni pasaytirishga ustuvor ahamiyat berish AQSh manfaatlariga ham, mintaqaviy barqarorlikka ham xizmat qilishi mumkin.

Kiritildi: 19:07 20.10.2026. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!