Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

“TEXNOPARK” MCHJ rahbariga havoni ifloslantirayotganligi sababli chora ko‘rildi

“TEXNOPARK” MCHJ rahbariga havoni ifloslantirayotganligi sababli chora ko‘rildi

Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi I va II toifaga kiruvchi ob’ektlarda ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Monitoring jarayonida Yashnobod tumanidagi “TEXNOPARK” MCHJ ga qarashli cho‘yan quyish sexi tekshirildi.

Tekshiruvda, korxonada chang-gaz tozalash uskunasi bo‘lsa-da, u me’yordan ortiq chiqindilarni havoga chiqarayotgani, ekologik ekspertiza xulosasi olinmagani aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzarliklar uchun korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rildi va qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

Kiritildi: 14:34 06.12.2025. O'qildi: 2102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!