Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Texasda toshqin oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi — o‘nlab bolalar bedarak yo‘qolgan

Texasda toshqin oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi — o‘nlab bolalar bedarak yo‘qolgan

Texas shtatining markaziy qismida yirik toshqin sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘satdan yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgan.Hozirgi vaqtda 20 dan ortiq qizaloq bedarak yo‘qolgan, ularning barchasi Guadalupe daryosining sohilida joylashgan Camp Mystic nomli xristiancha yozgi oromgohda dam olayotgan bo‘lishgan.

Vise-gubernator Den Patrik shunday deydi:

«Ular toshqinga tayyor emas edilar va suv oqimi ularni olib ketdi. Bugun butun Texas aholisidan shu qizlarni tirik holda topish uchun tiz cho‘kib duo qilishlarini so‘rayman».

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, ofat hududidan jami 237 kishi qutqarilgan, ulardan 167 nafari vertolyotlar orqali evakuasiya qilingan. Hokimiyat mutasaddilari qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ingram shahridagi maktab binolaridan biri oilaviy qayta uchrashuv markaziga aylantirilgan — bu yerda yuzlab ota-onalar o‘z farzandlari haqida xabar kutib to‘plangan.

Suv toshqini sababi — Guadalupe daryosining suv sathi juda tez ko‘tarilib ketgan: atigi bir soat ichida 2 metrdan 9 metrgacha o‘sgan.

Shtat gubernatori Greg Ebbott jabrlanuvchilarga yordam berish uchun:

«Hamma mavjud kuchlar ishga solinadi», — deya va’da berdi.

Kiritildi: 13:50 05.07.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!