Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Termizlik tadbirkor bankdan kredit olib, «aqlli bekat»lar qurdi

Termizlik tadbirkor bankdan kredit olib, «aqlli bekat»lar qurdi

Termizlik tadbirkor Alimjon Saparov o‘z shahrida jamoatchilik transporti uchun innovasion bekatlar qurilishini boshlab berdi. Bu haqida Avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Saparov bankdan imtiyozli kredit olib, ikkita smart-bekat barpo etdi. Qurilish ishlari uchun sarflangan mablag‘ning yarmini davlat ko‘tardi. Ularning soni yaqin kelajakda yana ortadi.

Ishbilarmon kreditini ushbu bekatlardan foydalanish evaziga olingan daromad evaziga qoplamoqchi.

Bekatlarga kondisionerlar, onlayn-tablo, tezkor aloqa paneli, atrof muhit monitoringi sensori, bepul Wi-Fi, videokuzatuv qurilmasi o‘rnatilgan. Shuningdek, u yerda telefonni quvvatlantirish imkoniyati mavjud.

«Har bir bekatda uni yoritish va elektr quvvati bilan ta’minlovchi quyosh panellari mavjud», - deyiladi xabarda.

Ochiq va yopiq kutish zallarida tezkor xabarlar tablosi o‘rnatilgan bo‘lib, kechki paytlarda ularda ijtimoiy va tijoriy reklamalar ham qo‘yiladi. Tasvirlarni nafaqat ichkarida, balki tashqarida turib ham tomosha qilish mumkin.

Tadbirkor yaqin vaqt ichida bunday zamonaviy bekatlar sonini 8 taga yetkazishni rejalashtirgan.

Termiz shahar hokimligi esa yana shu kabi 50 ta ob’ekt barpo etilishini ma’lum qilgan

Manba: xs. uz

Kiritildi: 15:04 30.08.2018. O'qildi: 4931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!