Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Termizda 1-sinf o‘quvchisi YTHda vafot etdi

Termizda 1-sinf o‘quvchisi YTHda vafot etdi

Joriy yilning 23 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Damas mashinasi urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa M-41 avtomobil yo‘lining 1610-kilometrida, ya’ni Termiz tumani Qoraxon mahalllasi hududidan o‘tgan qismida ro‘y bergan.

Damas haydovchisi “Termiz-Sho‘rchi” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani turtib yuborgan. Oqibatda bola ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kunning o‘zida tez tibbiy yordam birlashmasida vafot etgan. YTH qurboni Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:54 26.01.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!