Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Termiz shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi

Termiz shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan "O. V. U. S." MCHJga qarashli mehmonxonada hisoblagichdan tashqari gaz qurilmalarini o‘rnatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 325,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!