Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya raketalari endi Ukrainadagi atom infratuzilmasini nishonga olmoqda — Financial Times

 Rossiya raketalari endi Ukrainadagi atom infratuzilmasini nishonga olmoqda — Financial Times

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya 8 noyabrda Ukrainaning Xmelnyskiy va Rivnenskaya AESlariga xizmat ko‘rsatuvchi podstansiyalarga zarbalar bergan.

Ushbu zarbalardan keyin Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Xalqaro Atom Energetikasi Agentligining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni talab qildi. Sibiga, shuningdek, Xitoy va Hindiston kabi yadro davlatlarini Rossiyaga ta’sir ko‘rsatish uchun harakat qilishga chaqirdi.

Ta’kidlash joizki, AESlar podstansiyalariga zarba berish Ukrainadagi energiya tizimi uchun eng xavfli ssenariy hisoblanadi, chunki AESlar mamlakatdagi elektr ishlab chiqarishning katta qismini ta’minlaydi. Agar podstansiyalar uzoq muddat ishlamay qolsa, AES energiya bloklarini to‘xtatishga majbur bo‘ladi va Ukrainada katta miqdorda elektr energiyasi taqchilligi yuzaga keladi. Bu taqchillikni boshqa manbalar (IES va GES) yoki Yevropadan import bilan qoplash qiyin bo‘ladi. Natijada, Ukrainada blekaut yuzaga kelishi mumkin

Kiritildi: 17:02 09.11.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!