Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Telegram va Instagramda kredit limitini «naqdlashtirib berish»ni va’da qilib, fuqarolardan jami 1 mlrd 32 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, Ohangaron tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan B.N. va uning uch sherigi «limitlash xizmati» nomli sahifa ochib, aldov yo‘li bilan pul yig‘ib kelgan. Ular o‘zlari rasmiylashtirgan tadbirkorlik sub’ekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov davom etmoqda.