Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Oldi-berdi”dagi 118 million so‘m haqdorlik undirib berildi

“Oldi-berdi”dagi 118 million so‘m haqdorlik undirib berildi

So‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi qarz munosabatlari ko‘payib borayotgani natijasida bu sohada nizolar soni ham oshib bormoqda. Ayrim hollarda qarzdorlikni o‘z vaqtida qaytarmaslik ikkinchi tarafning manfaatlariga putur yetkazib, sud orqali hal etilishini talab qiladi.

Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi organlarida qarz va qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjatlari soni ham ortib borayotgani kuzatilmoqda.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.V.dan undiruvchi G.Q. foydasiga 117,9 million so‘m miqdoridagi qarz undirilishi belgilangan.

Mazkur sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor bilan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdor tomonidan qarz miqdori to‘liq to‘lanib, undiruvchi G.Q.ga 117,9 million so‘m pul mablag‘i undirib berildi.

Berilgan qarz o‘z vaqtida qaytarilmasa, haqdorning murojaati orqali u sud va ijro jarayoniga aylanishi muqarrar. Zero, o‘zganing haqini vaqtida qaytarmaslik — javobgarlikka olib keladi.

Kiritildi: 17:30 09.11.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!