Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy bahs «Etihad»da bo‘lib o‘tadi va unda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi.
21:30da boshlanadigan o‘yin uchun tarkiblar e’lon qilindi. Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmadi.
Gvardiola jamoasi 19 ochko bilan 3-o‘rinni, Mersisayd klubi esa 18 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi. Yutgan jamoa 2-o‘ringa chiqib oladi.
APL. 11-tur
Manchester Siti — Liverpul
9 noyabr, «Etihad»
Manchester Siti — Donnarumma, Diash, Nunesh, Gvardiol, O'Rayli, Niko, Silva, Foden, Sherki, Doku, Holand.
Liverpul — Mamardashvili, van Deyk, Konate, Bredli, Robertson, Soboslai, Mak Allister, Gravenberh, Ekitike, Saloh, Virts.