O‘FA rasmiy telegram-kanali "Nasaf" himoyachisi Zafarmurod Abdirahmatov jarohat sabab terma jamoa yig‘inini tark etganini ma’lum qildi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov mashg‘ulotlar davomida eski jarohati tufayli o‘zini noqulay his qilgan. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, himoyachimizning jarohatdan tiklanish jarayoni O‘zbekistonda davom ettiriladi.
Futbolchimiz tez fursatda sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.