Joriy yilning 8 iyul kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Mingbuloq tumani, “Kichik Jomashuy” mahallasida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan, fuqaro I.X. Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidan ushlanib, Mingbuloq tuman IIBga topshirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.