Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Temurbek Giyazov para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibiga aylandi!

Temurbek Giyazov para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibiga aylandi!

Hindistonning Nyu-Deli shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirdi.

Musobaqada erkaklar o‘rtasida T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temurbek Giyazov ham ishtirok etib, 2.03 m natija qayd etdi. Bu orqali 29 yoshli Temurbek nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki Jahon chempionatining oltin medaliga ham ega chiqdi.

Jahon chempionati

Erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash (T64)

1. Temurbek Giyazov (O‘zbekiston) - 2.03

2. Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) - 2.00

3. Pravin Kumar (Hindiston) - 2.00

Ma’lumot uchun, hozirda terma jamoamiz hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.

Kiritildi: 23:43 04.10.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!