Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Temir yo‘l halokati: Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Temir yo‘l halokati: Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada kamida 68 kishining umriga zomin bo‘lgan temir yo‘l halokati munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.

Ispaniya transport vaziri Oskar Puente Toledo provinsiyasida Renfe va Iryo tezyurar poyezdlarining to‘qnashuvi avtomatik boshqaruv tizimidagi uzilish sababli yuz berganini ma’lum qildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, dispetcherlik markazi dastlab ushbu uchastkada barcha poyezdlar harakatini to‘xtatgan, biroq keyinchalik harakatni qayta tiklash bo‘yicha «tushuntirib bo‘lmaydigan» qaror qabul qilgan, bu esa fojiaga olib kelgan.

Qo‘shni Urda shaharchasidagi maktabda yaqinlarining taqdiri haqida ma’lumot olishni istagan oila a’zolari uchun maxsus yordam markazi tashkil etildi. AFP xabariga ko‘ra, Qizil Xoch xodimlari voqea joyiga kelayotgan fuqarolarga ruhiy va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bino atrofida polisiya xodimlari va jurnalistlar to‘plangan.

Shu bilan birga, poyezdlar to‘qnashgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda. dpa agentligining bildirishicha, izdan chiqib ketgan vagonlarni ko‘zdan kechirish va tozalash uchun tunda uchta og‘ir kran jalb qilingan.

Bu Ispaniyada yil boshidan beri yuz bergan ikkinchi odam o‘limi bilan bog‘liq yirik temir yo‘l halokatidir. Joriy yilning yanvar oyida Andalusiyada sodir bo‘lgan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!