Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Tel-Aviv markazida falastinlik pichoq bilan odamlarga hujum qildi

Tel-Aviv markazida falastinlik pichoq bilan odamlarga hujum qildi

Falastinlik Tel-Aviv markazida odamlarga pichoq bilan hujum qildi polisiya voqeani terakt sifatida baholadi. Bu haqda Isroil polisiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hujum bar va restoranlar joylashgan Levontin ko‘chasi hududida sodir bo‘lgan.

“Hodisa bo‘yicha dastlabki tergov shuni ko‘rsatadiki, pichoq bilan qurollangan terrorchi tinch aholiga zarba bergan, u og‘ir jarohatlangan va tibbiy yordam uchun evakuasiya qilingan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, terrorchi oxir-oqibat yaqin atrofda bo‘lgan qurollangan fuqaro tomonidan yo‘q qilingan. Polisiya hujumni Isroilda noqonuniy bo‘lgan, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Falastinning Tulkarm shahrida yashovchi shaxs tomonidan amalga oshirilganini aniqladi .

Kiritildi: 03:22 19.01.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!