Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tehron Ormuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun yopish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Tehron Ormuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun yopish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Tehron Ormuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun yopish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, bu esa jahon savdosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va neft narxining keskin oshishiga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi Al Jazeera.

Agar bu amalga oshsa, jahon iqtisodiyoti uchun oqibatlar halokatli bo‘ladi. Ormuz bo‘g‘ozi strategik ahamiyatga ega dengiz yo‘li bo‘lib, undan jahon savdosining taxminan 30 foizi, jumladan, jahon neft hajmining katta qismi o‘tadi. Bu — jahondagi asosiy savdo arteriyalaridan biri bo‘lib, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft tankerlarini Yaponiya, AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga olib boradi.

Bo‘g‘ozning yopilishi yuk tashish yo‘llarini Afrika orqali o‘zgartirishga majbur qiladi, bu esa global iqtisodiyotga jiddiy zarba beradi, xalqaro inqiroz, energiya narxlarining keskin oshishi va bozorlarning beqarorlashuviga olib keladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Ormuz bo‘g‘ozini yopish tahdididan Isroil va uning g‘arbiy ittifoqchilarining tajovuziga javob va bosim vositasi sifatida foydalanmoqda.

Kiritildi: 23:05 19.06.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!