Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tehron evakuasiya qilinishi mumkin

Tehron evakuasiya qilinishi mumkin

Cuv inqirozi yanada kuchaygan taqdirda Tehron evakuasiya qilinishi mumkin — Eron prezidenti.

Mas’ud Pizishkiyon bu haqda mamlakat g‘arbidagi Senendej shahriga xizmat safari chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

"Eron tabiiy muammolarga duch kelmoqda yog‘ingarchilik kamligi va suv resurslarining kamayishi og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda", — dedi Pizishkiyon.

Prezident suv va energiyani qattiq tejash, resurslarni yanada oqilona boshqarishga o‘tish nihoyatda zarurligini ta’kidlab, poytaxtdagi tashvishli vaziyatga e’tibor qaratdi.

"Agar yaqin orada yomg‘ir yog‘masa, keyingi oydan boshlab Tehronda suv ta’minotiga qat’iy cheklovlar kiritishimiz kerak bo‘ladi. Agar yog‘ingarchilik bo‘lmasa, zaxiralar tugaydi va biz shaharni evakuasiya qilishni boshlashga majbur bo‘lamiz", dedi Pizishkiyon.

"So‘nggi besh yil ichida mamlakatda yog‘ingarchilik darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Tehronda yog‘ingarchilik mavsumdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 40 foizga kam bo‘lgan. Bahor va yoz oylarida yomg‘irning deyarli yog‘masligi suv omborlaridagi suv hajmining halokatli darajada kamayishiga olib keldi. Inqiroz nafaqat yer usti, balki yer osti suv resurslariga ham ta’sir ko‘rsatib, ularning tez kamayib ketishiga sabab bo‘ldi", deya yozmoqda Reuters.

Kiritildi: 16:50 08.11.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!