Bu haqda AQSh davlat kotibi ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar Eronning fuqarolik yadroviy dasturiga qarshi emas. Agar Tehron faqat atom elektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan fuqarolik yadroviy dasturini istasa, buni amalga oshirishi mumkin. Biz ularga aynan shunday kelishuvni taklif qilgan edik. Ular esa buni rad etdi", — deya ma’lum qildi Marko Rubio.
Davlat departamenti rahbarining boshqa bayonotlari:
◾️ Vashington Tehron bilan muzokaralarga qaytishga tayyor, buni ertagayoq boshlashimiz mumkin;
◾️ Qo‘shma Shtatlar Eron yadroviy inshootlarini yo‘q qilish maqsadiga erishdi, Vashingtonning keyingi qadamlari Tehronning munosabatiga bog‘liq bo‘ladi;
◾️ Vashington Eronning kosmik dasturi mavjudligini shubha ostiga oladi, ular Oyga chiqishni rejalashtirmayapti, qurol maqsadida foydalaniluvchi ishlab chiqyapti;
◾️ AQSh kuchlarining Yaqin Sharqqa joylashtirilishi Erondan kelayotgan tahdid bilan bog‘liq;
◾️ Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish haqidagi ehtimoliy qarori mojaroning jiddiy avj olishiga sabab bo‘ladi va bu AQSh tomonidan javob choralari berilishiga turtki beradi;
◾️ AQSh Xitoyni Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopmaslikka ishontirishga chaqirmoqda;
◾️ Vashington hozircha Eronga nisbatan yangi harbiy operasiyalarni rejalashtirmayapti;
◾️Eron Qo‘shma Shtatlarning hujumlaridan so‘ng yer ostiga ko‘milgan boyitilgan uranni qazib olishi lozim. Tehron qazib olingan uranni boshqa davlatlarga berishi zarur, ular esa uni kamroq darajada boyitilgan uran bilan aralashtirib yuborishadi;
◾️ Garchi AQShning havo hujumlari haqidagi rejalar oldindan matbuotda yozilgan bo‘lsa-da Tehron boyitilgan uranini boshqa joyga ko‘chira olmas edi.