Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tbilisi meri: "G‘arb elchisi Gruziyaga Rossiya bilan urush boshlashni taklif qilgandi"

Tbilisi meri: "G‘arb elchisi Gruziyaga Rossiya bilan urush boshlashni taklif qilgandi"

2022 yilda Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan so‘ng G‘arbiy davlat elchisi Gruziyaga Rossiya bilan urush boshlashni, "10 kun turib, keyin partizanlar urushiga o‘tishni" taklif qilgan.

Bu haqda hukmron "Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya" partiyasi bosh kotibi, Tbilisi meri Kaxa Kaladze Gruziyaning "Imedi" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bir G‘arbiy davlatning elchisi, u mamlakat bosh vaziri bilan uchrashib, "Sizlar urushni boshlaysizlar, sizga harbiy texnika beriladi. Asosiysi, 10 kun chidab, keyin partizanlar urushiga o‘tasizlar, degandi", - dedi u.

Merning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda Irakliy Gariboshvili bosh vazir bo‘lgan. Kaladze qaysi davlat elchisi Gruziyani urushga qo‘shilishini taklif qilganiga aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!