2025 yilgi Nobel tinchlik mukofoti Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korina Machadoga topshirildi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor o‘zini Tinchlik mukofotiga loyiq deb hisoblashini aytgan edi, chunki u Oq uyda yangi muddatini boshlagach, bir nechta urushlarni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlagan.
“Ular menga hech qachon Nobel tinchlik mukofotini berishmaydi. Men bunga loyiqman, lekin baribir berishmaydi”, — degan edi Tramp 2025-yil fevral oyida. 30 sentyabr kuni AQSh generallari oldida so‘zlagan nutqida u bu mavzuni yana tilga olib, “agar mukofotni boshqa birov olsa, bu mamlakati-miz uchun katta haqorat bo‘ladi”, — degan edi.
Trampning so‘nggi — va ehtimol eng muhim — yutug‘i sifatida u Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida otashkesim va Isroil garovdagilarini qaytarish bo‘yicha chorshanba kuni imzolangan kelishuvni tilga olgan.
Shuningdek, Trampning ta’kidlashicha, Isroil va HAMAS G‘azodagi tinchlik jarayonining birinchi bosqichiga rozi bo‘lgan.
Ammo mutaxassislar eslatishicha, Nobel qo‘mitasining so‘nggi yig‘ilishi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan — ya’ni bu bitim e’lon qilinishi-dan avval.
Reuters agentligining yozishicha, Nobel qo‘mitasi kotibi Kristian Berg Xarpviken — qaror qabul qiluvchi besh a’zodan biri — ta’kidlaganidek, Tinchlik mukofoti oxirgi daqiqalarda erishilgan yutuqlar uchun berilmaydi.