Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Prezident tug‘ilish darajasini oshirishning samarali usulini taklif qildi

Prezident tug‘ilish darajasini oshirishning samarali usulini taklif qildi

Li Chje Myon ish va shaxsiy hayot o‘rtasida barqaror muvozanatga erishish uchun dadil siyosiy siljish zarurligini aytdi, deya xabar beradi Bild.

Janubiy Koreya prezidenti misol tariqasida “Uzoq ish vaqti yoshlarning martaba va oilani birlashtirishiga to‘sqinlik qiladi” nomli tadqiqotni keltirdi.

Unda janubiy koreyaliklar yiliga o‘rtacha 1874 soat ishlashlari ko‘rsatilgan. Bu - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 130 soatga ko‘pdir.

Shu munosabat bilan mamlakatda 2030 yilgacha ish vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, kelgusida esa 4 kunlik ish haftasini joriy etish rejalashtirilgan. Biroq, ish haqi o‘zgarishsiz qoladi.

Hozirda Janubiy Koreya hukumati islohotlar rejasi va kompaniyalar uchun subsidiyalar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzyapti.

Kasaba uyushmalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni "demografik inqirozni hal qilishning yagona kaliti" deb ataydi. Biznes iqtisodiyot uchun xavf haqida ogohlantiradi. Xususan, Koreya banki yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini 0,8 foizga tushirdi, bu 1998 yilgi Osiyo inqirozidan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Qayd etish joizki, Janubiy Koreya dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan mamlakat. Bu mamlakatda har bir ayolga o‘rtacha 0,75 bola tug‘iladi.

Kiritildi: 22:45 09.10.2025. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!