Jinoyat olamida «Jahannam Najoti» (Cəhənnəm Necati) laqabi ostida tanilgan Jo‘shqun Arabaji Turkiyada qo‘lga olindi, deb xabar berdi Türkiye Today.
Shuningdek, «Kyoln otasi» (Germaniyadagi shahar — tahr.) laqabi bilan ham mashhur Arabaji qilmagan jinoyat qolmagan — u pul yuvish va tovlamachilik, giyohvand moddalar savdosi va qurol kontrabandasi bilan shug‘ullanganlikda aylanyapti.
Arabaji 7 oktyabr kuni Izmir aeroportida qo‘lga olingan. 53 yoshli jinoyatchi Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda edi.