Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Chexiya Ukrainaga qurol uchun bir krona ham bermaydi

Chexiya Ukrainaga qurol uchun bir krona ham bermaydi

Partiyasi mamlakatdagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan chex o‘ng populistlari yetakchisi Andrey Babish Rossiya tajovuzini qaytarishda Ukrainaga harbiy yordam yukini Chexiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ittifoqiga yuklashga chaqirdi.

Agar «Norozi fuqarolar aksiyasi» (ANO) partiyasi Chexiya parlamenti quyi palatasida hukmron koalisiyani tuzishga muvaffaq bo‘lsa, unda mamlakat byudjetidan Ukrainaga harbiy yordam uchun mablag‘ ajratish to‘xtatiladi. Bu haqda 8 oktyabr, chorshanba kuni Pragada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida partiya yetakchisi, milliarder Andrey Babish ma’lum qildi, deb xabar beradi České Noviny.

Babishning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya allaqachon Yevropa Ittifoqi byudjetiga «60 milliard» hissa qo‘shyapti, bu Ukrainaga urushda yordam beradi. «Biz Ukrainaga qurol-yarog‘ uchun bir krona ham (byudjetdan) bermaymiz», — deya siyosatchi so‘zlarini keltiradi České Noviny. «Chexiya uchun pulimiz yo‘q. O‘ylaymanki, biz Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam berdik, endi ularga Yevropa Ittifoqi orqali yordam beriladi».

Andrey Babish, shuningdek, Chexiyaning Ukraina armiyasi uchun snaryadlar va o‘q-dorilar sotib olish tashabbusini to‘xtatishga yana bir bor va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusning o‘zi «oddiy», lekin uni mudofaa ittifoqi sifatida bevosita NATOga a’zo davlatlar hal qilishi kerak.

Siyosatchi, shuningdek, Ukraina uchun snaryadlar sotib olish jarayoni shaffof emasligini va xususiy kompaniya undan «o‘nlab milliardlab daromad olganini» da’vo qildi.

Kiritildi: 23:34 09.10.2025. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!