Agar Tramp Ukrainaga Tomahawk raketalarini topshirsa, biz uni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatamiz, dedi Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surishning ikkinchi sharti o‘t ochishni to‘xtatishga erishishdir.
Shu bilan birga, Zelenskiy Tramp sentyabr oyi oxirida Nyu-Yorkdagi uchrashuvda Ukrainaga uzoq masofali raketalar berilishi masalasida aniq javob bermaganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Binyamin Netanyahu idorasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida "Donald Trampga tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotini bering — u bunga loyiq!", degan xabar paydo bo‘lgan edi.