Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

5 sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Tatariston prokuraturasiga ko‘ra, ushbu hodisa Naberejniy Chelni-Olmetevsk yo‘lining 38-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia yengil avtomobili noma’lum sababga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va yengil mashinada bo‘lganlar halok bo‘lgan.

“Tataristondagi yuk mashinasi bilan bog‘liq YTHda halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi, ularning jasadlari vataniga qaytariladi”, – deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlab, jasadlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatilganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 01:20. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!