Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

“Tashabbusli byudjet” jarayonida ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘riladi

“Tashabbusli byudjet” jarayonida ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘riladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi.

Ovoz berish jarayonlari 20 mart kuni soat 23:59ga qadar davom etadi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xabar berishicha, ushbu jarayonda ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘riladi.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (71) 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Kiritildi: 11:00 11.03.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!