"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ole Gunnar Sulsher portugaliyalik Ruben Amorim iste’foga chiqarilgach, mankunianliklar boshqaruviga qaytmoqchi.
Indykaila News xabariga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"da ishlash uchun maoshidan voz kechishga tayyor. Skandinaviyalik murabbiy hech bo‘lmaganda 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha jamoa bosh murabbiyi o‘rnini egallashni juda xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ole Gunnar 2018-2021 yillarda ham jamoani boshqargan.
Angliya Premyer-ligasining 20-turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 31 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.