Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.O. (muqaddam sudlangan) “Fayzobod” MFY hududidagi omborxonada umumiy bahosi 280,9 mln so‘mlik 3 372 dona chet elda ishlab chiqarilgan “VELO” nomli tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

2️⃣ Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar E.N. va M.N. tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 242 dona “WAKA” nomli elektron tamaki mahsulotini fuqaro M.H.ga 40 mln so‘m va 1 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

3️⃣ Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.R. savdo do‘konida chet elda ishlab chiqarilgan 714 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:15 06.03.2026. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!