Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Bugun, 28 aprel kuni «PSJ» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida o‘z maydonida Myunxenning «Bavariya» jamoasini qabul qiladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi ushbu o‘yin borasidagi kutishlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men «Marsel»ga muxlislik qilaman, lekin bugun oqshom «PSJ» o‘ynayapti, shuning uchun men «PSJ»ni qo‘llab-quvvatlayman. O‘ylaymanki, ular 3:1 hisobida g‘alaba qozonishadi!» — deya Makronning so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri.

Yarim final yo‘lida Luis Enrike shogirdlari Angliyaning ikki jamoasi — «Chelsi» va «Liverpul»ni mag‘lub etishdi, shuningdek, «Monako»dan ustun kelishdi. «Bavariya» esa turnirning pley-off bosqichida Italiyaning «Atalanta» hamda Madridning «Real» klublari to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 23:56 28.04.2026. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!