BBC muxbiri ma’lumotiga ko‘ra, Polsha tomonidan rossiyalik arxeolog Aleksandr Butyaginning Belarusga topshirilishi Ukrainada kamida tushunmovchilik bilan qabul qilinmoqda. Polshada esa bu voqea deyarli e’tiborsiz qolgan — bu yerda asosiy e’tibor boshqa yangilikka qaratilgan.
Gap shundaki, Belarus qamog‘ida bo‘lgan mashhur jurnalist va jamoat arbobi Andrey Pochobut ozod etildi. U Polsha jamoatchiligi uchun ramziy shaxsga aylangan edi — 2021 yildan beri siyosiy sabablar bilan qamalgani aytilgan.
Pochobut yillar davomida Polshada eng mashhur siyosiy mahbuslardan biriga aylandi. Uning taqdiri xalqaro darajada ko‘tarilgan, Polsha rasmiylari uni ozod qilish masalasini doimiy ravishda muhokama qilib kelgan. Hatto mamlakat prezidenti Karol Navroskiy unga davlatning eng oliy mukofotlaridan biri — Oq burg‘un ordenini berish to‘g‘risida farmon imzolagan.
Shu bois, Polsha jamiyatida bu almashinuv katta quvonch bilan kutib olindi. Ukrainada esa vaziyat boshqacha baholanmoqda. Kiyevda Butyaginni aynan Ukrainaga ekstradisiya qilish rejalashtirilgani, u ehtimoliy almashinuv fondiga kiritilishi mumkinligi haqida savollar tug‘ilmoqda.
Ayni paytda asosiy savol — Ukraina bu “murakkab diplomatik o‘yin”dan xabardor bo‘lganmi yoki yo‘q. Polsha tomoni esa bu masalaga unchalik e’tibor qaratmayapti: bugun ular uchun asosiy voqea — Andrey Pochobutning ozodlikka chiqqani hisoblanadi.