Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ta’lim vaziriga istisno tariqasida xodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilish vakolati berildi

Ta’lim vaziriga istisno tariqasida xodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilish vakolati berildi

Ta’lim va ilm-fan vazirligining markaziy apparatiga 2027 yil 1 fevralgacha xodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida ishga qabul qilishga ruxsat berildi.

Prezidentning 19 oktyabrdagi PQ–380-son qaroriga ko‘ra, vazirlikda autsorsing asosida aholi murojaatlari, shikoyatlari va takliflarini qabul qiluvchi koll-markaz tashkil etiladi. Ta’lim xizmatlari sifati va mavjud muammolar haqida tezkor axborot olish uchun qayta aloqa tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Vazir huzurida ta’lim oluvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillaridan iborat Ta’lim bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi.

Shuningdek, vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantirish jamg‘armasi, Ta’lim va ilm-fan bo‘yicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyati tugatiladi.

Prezident Administrasiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuziladi. Vazirlik hay’ati esa 15 nafar a’zodan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 16:37 21.10.2026. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!