Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda fuqaro mushtlashuv ortidan mashinasidan ayrildi

Jizzaxda fuqaro mushtlashuv ortidan mashinasidan ayrildi

Erkak zararni to‘lamagani uchun uning nomidagi mashina MIB orqali xatlandi.

Ikki fuqaro o‘rtasidagi janjal natijasida biri ikkinchisiga tan jarohati yetkazgan. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro A.b.dan fuqaro b.S. foydasiga yetkazilgan zararni undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushdi.

Ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar natijasida qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor ushbu avtomashinani qarzdorlik evaziga xatlashdan yashirib kelgan.

Qidiruv tadbirlari davomida avtomashina Zomin tumani hududida harakatlanayotgani aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Agar qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, ushbu avtomashina auksion savdolariga chiqarilib, tushgan mablag‘ hisobidan qarzdorlik undiriladi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!