Pokiston 24 sentyabr kuni Afg‘onistondagi dronlarni uchirish va saqlash uchun mo‘ljallangan 10 ta nishonga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Pokiston axborot vaziri Ataulla Tarar ma’lum qildi.
Tarar Afg‘oniston hududidan Pokistonga dronlar uchirilgani va bu mamlakat suverenitetini buzganini ta’kidladi.
"Pokiston Harbiy-havo kuchlari “Tolibon”ning dron hujumlariga javoban Afg‘onistonning 10 ta hududiga, jumladan Xost, Paktika va Qandahor viloyatlaridagi nishonlarga harbiy samolyotlar hamda dronlar bilan zarbalar berdi", deyiladi Pokiston Qurolli kuchlari bayonotida.
Pokiston rasmiylari Kohat va Torxam yaqinida Afg‘onistondan uchirilgani aytilayotgan sakkizta dron urib tushirilganini da’vo qilmoqda. “Tolibon” Afg‘oniston hududidan Pokistonga dronlar uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.