Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Markaziy razvedka boshqarmasi Yevropani dron hujumidan ogohlantirdi

Markaziy razvedka boshqarmasi Yevropani dron hujumidan ogohlantirdi

Markaziy razvedka boshqarmasi Yevropani Rossiya Ispaniya, Fransiya yoki Italiyaga dron hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan, deb yozmoqda El Mundo.

Tahlilchilar bu uch davlatning tanlanishini 2027-yilda saylovlar o‘tkazilishi bilan izohlashadi.

Gerbera dronlari savdo kemalari niqobidagi kemalardan uchirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Keng ko‘lamli vayronagarchilik kutilmaydi, ammo hujum aeroport faoliyatini buzishi va yong‘inlarga olib kelishi mumkin. Maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni susaytirish, NATO ichida bo‘linishlarni keltirib chiqarish va Yevropa aholisini qo‘rqitishdir.

Kiritildi: 15:38 24.09.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!