Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov UFC'ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov UFC'ga o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov faoliyatini MMAda davom ettirish haqida gapirdi.

— Taekvondodagi faoliyatingizni yakunlaganingizda, o‘zingizni UFC jangchisi sifatida sinab ko‘rgan bo‘larmidingiz?

"Ha, ehtimol, sinab ko‘rgan bo‘lardim. Ayniqsa, men o‘zim UFC'ni kuzatib boraman. Ozgina boks va kurash bo‘yicha tajriba to‘plashim kerak bo‘lardi. Undan keyin bemalol sinab ko‘rsam bo‘lardi o‘zimni", deydi Rashitov.

Ma’lumot o‘rnida, 23 yashar Ulug‘bek Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:40 12.04.2025. O'qildi: 1017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!