Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkorlikka to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxs 30 mln so‘m jarimaga tortildi

Tadbirkorlikka to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxs 30 mln so‘m jarimaga tortildi

Andijon shahrida faoliyat yurituvchi “A.B.” MCHJ rahbari soliq organi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan hamda bankdagi hisobvaraqlari to‘xtatib turilganidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilib, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operasiyalarni to‘xtatib turish choralari qo‘llanilgan.

Tadbirkor tomonidan talabnomaga javob berilganiga qaramasdan, tadbirkorning bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha cheklovlar o‘z vaqtida bekor qilinmagan.

Soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operasiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish hamda kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish tartiblarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxs MJtKning 241-2-moddasi hamda 241-3-moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kiritildi: Bugun 18:11. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!