Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tadbirkorlik sub’ektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratiladi

Tadbirkorlik sub’ektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, 8 ta bo‘lim, 34 ta bob, 404 ta moddadan iborat qonun loyihasida tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga asosan, tadbirkorlik sub’ektlari kichik, o‘rta va yirik toifalari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning chegaralari hamda tartibga solish shakllari ko‘zda tutilmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat subsidiyalarini joriy etishning tartiblari belgilanmoqda.

Qonun loyihasi mas’ul qo‘mita tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlari kun tartibiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 18:36 11.07.2024. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!