Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi, eng muhim va nozik masalalar muhokama qilindi", — deya ma’lum qildi RF rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, kechki ovqat davomida rahbarlar Qozon, Tatariston, tarix va Volga daryosi – uning rus xalqi uchun ahamiyati haqida, shuningdek, BRICS sammitiga bevosita daxldor bir qancha mavzular yuzasidan gaplashishgan.

Jurnalistlarning "norasmiy kechki ovqat paytida Ukraina mavzusi muhokama qilindimi", degan savoliga u "Bu haqda gapirildi", deb javob qaytardi.

Kiritildi: 16:48 23.10.2024. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!