Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ertaga, 24 oktyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Ertaga, 24 oktyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 24 oktyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni ayrim hududlardagina yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 510 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Kiritildi: 10:38 23.10.2024. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!