Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Livandan uchirilgan dron Isroilda millionlab odamlarning vahima va panoh topishiga sabab bo‘ldi.

Dron Isroil havo hududida bir soatdan ko‘proq vaqt davomida uchib, o‘nlab kilometrlarni bosib o‘tdi. Biroq Isroil samolyotlari va vertolyotlari uni urib tushira olmadi.

Keyinroq dron g‘oyib bo‘ldi va uning joylashuvini aniqlashning iloji bo‘lmadi. Isroil shimolidagi o‘nlab aholi punktlarida signal sirenalari bir soatdan ko‘proq vaqt davomida yangradi.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, Hayfadan janubi-sharqdagi Xayemkim hududi tomon yo‘l olgan va Havo kuchlari tomonidan kuzatuv ostida bo‘lgan Ras-Naqura hududida dron aniqlangan.

“X” nashrida, shuningdek, UAV qaysi yo‘nalish bo‘ylab o‘tishi kutilayotgani hisobga olinib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida signal sirenalari ishga tushirilgani aytiladi.

Armiya dron go‘yoki ochiq maydonga qulaganini, uning joylashgan joyini aniqlash ishlari davom etayotganini qayd etdi.

Isroilning Walla xabar sayti Livandan uchirilgan uchuvchisiz samolyot tufayli millionlab fuqarolar vahima ichida boshpanalarga borganini, Hayfa, Kiryat, Xayemkim va Zichron Yaakov yaqinlarida tinimsiz signal sirenalari yangradi.

Kiritildi: 12:26 23.10.2024. O'qildi: 4733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!