Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Anqara terakti: NATO Erdo‘g‘an bilan aloqaga chiqdi

Anqara terakti: NATO Erdo‘g‘an bilan aloqaga chiqdi

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte X ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Turkish Aerospace Industries aerokosmik va mudofaa kompaniyasi binolari yaqinida sodir etilgan terakt yuzasidan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, u halok bo‘lganlar va yaradorlar bo‘lgan terakt haqidagi xabarlardan «qattiq xavotirda».

Ryutte qo‘shimcha qildiki, NATO «har qanday ko‘rinishdagi terrorizmni keskin qoralaydi va voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boradi».

«Men hozirgina Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Anqaradagi terakt haqida gaplashdim. Mening xabarim aniq bo‘ldi: NATO Turkiya bilan birga», - dedi u.

Kiritildi: 21:36 23.10.2024. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!