Tirik qolgan terrorchilardan biri garovga olinganlarni ushlab turibdi. Ayni damda 3 kishi halok bo‘lgani va 14 kishi yaralangani ma’lum.
Turkiya ijtimoiy tarmoqlarida terrorchilar garovga olganlar surati e’lon qilinmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni "Kurdiston ishchi partiyasi" jangarilari amalga oshirgan.
Voqea joyiga yetib kelgan maxsus kuchlar TUSAŞ binosida terrorchilarga qarshi kurashmoqda.