Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Real”ning ikki yulduzi "El-klasiko"ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

“Real”ning ikki yulduzi "El-klasiko"ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi.

Futbolchi La Liganing 11-turida “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Ispaniyaning Relevo internet nashri.

Bundan tashqari, “Real” darvozaboni Tibo Kurtua ham mushaklaridan jarohat olgan. Insayder Romanoning fikriga ko‘ra, u ham Kataloniya klubiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Real Madrid” — “Barselona” uchrashuvi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Ispaniya chempionatida “Barselona” peshqadamlik qilmoqda. Ular hisobida 10 o‘yindan 27 ochko mavjud. “Real” esa 24 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:38 23.10.2024. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!