Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Livandan Isroilning shimoliy hududlariga 70 ga yaqin raketa uchirildi, ularning bir qismi Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan to‘xtatildi, otishma natijasida ba’zi hududlarda yong‘inlar boshlandi.

Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Isroil yong‘in-qutqaruv xizmatlari ushbu hududlarda hujum natijasida yuzaga kelgan ko‘plab yong‘inlarni o‘chirish ustida ishlamoqda," - deyiladi bayonotda.

Bir muddat o‘tgach, Isroil armiyasi Livandan Isroilga yana 30 ga yaqin raketa otilgani haqida xabar berdi.

Harbiylar ma’lum qilishicha, ushbu hujum natijasida bir qancha hududlarda yong‘inlar yuz bergan.

Kiritildi: 19:59 20.10.2024. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!